Yaqinda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan respublikamizdagi 57 ta oliy ta'lim muassasalari reytingi naşr etildi. Reyting körsatkiçlari va natijalari ijtimoiy tarmoqlarda ham turli qarama-qarşiliklarga sabab böldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Şundan kelib çiqib, Adliya vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari reytingini belgilaş jarayoni örganildi. Davlat organlari tomonidan oliy öquv yurtlarining rasmiy reytingini belgilaş böyiça tegişli normativ-huquqiy bazaning yöqligi bu boradagi jiddiy nuqsonlardan biri böldi.
 
Reyting Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi qöşma qarori asosida tuzildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkazilmagan. Şu bois, u yuridik kuçga ega emas va heç qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Reytingni belgilaş tartibining davlat röyxatidan ötmagani va örnatilgan tartibda naşr etilmagani e'tiborga olinsa, turli körsatgiçlar böyiça reyting natijalarini tuzişda noaniqlik va oşkorasizlik bölgan.

Alohida körsatgiçlar, xususan oliy ta'lim muassasalarida dars beradigan xorijiy öqituvçilar haqidagi indikatorlar haqiqatga töğri kelmaydi. Ayrim oliy öquv yurtlari bir semestr yoki yil böyi dars beradigan bir qança pedagoglarni taniştirgan bir paytda, asosan “Bir kunlik”, “bir haftalik” xorijiy mutaxassislar hisobga olingan. Oliy öquv yurtlari reytingini belgilaşda ularning miqyosi, ta'lim yönalişlari, iqtisodiy va kadrlar salohiyati, faoliyatining öziga xos xususiyatidan kelib çiqqan körsatgiçlar böyiça differensial yondaşuv qöllanilmagan.

Ayni paytda, reyting tuzuvçilar diqqat-eʼtiborini foiz körsatgiçlariga emas, son körsatgiçlari (ilmiy darajaga ega şaxslar soni, himoya qilingan dissertatsiyalar soni, xorijiy öqituvçilar soni, xorijiy oliy öquv yurtlarida ta'lim beradigan pedagoglar soni, çop etilgan maqolalar soni, xorijiy talabalar soni, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablağlar miqdori) ga qaratgan. Bu öz-özidan, köp sonli fakultetlar, pedagoglar va talabalarga ega bölgan oliy öquv yurtlariga ustunlik bergan. Ayrim tuşunarsiz sabablarga köra, garçi oliy ta'lim dargohlarining barça yönalişlarini kompleks va har tomonlama örganişda (öquv jarayonini taşkillaştiriş, öquv-uslubiy hujjatlar sifati, talabalar qoniqqanligi, işga joylaşiş darajasi, iş beruvçilarning bahosi) obektiv tösiqlar bölmasada, tadqiqot bir yoqlama va faqat oliy öquv yurtlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil etişdan iborat bölib qolgan.

Ta'kidlaş joizki, barça oliy ta'lim dargohlari ham reyting rasman naşr etilguniça ötkazilgan tadqiqot va reyting natijalari haqida xabardor bölmagan. Bu öz navbatida, tadqiqotning ayrim jihatlarini körib çiqiş va aniqlaş imkonsizligiga sabab böldi. Bunday yondaşuv umumqabul qilingan xalqaro standartlar va tamoyillarga, xususan, Reyting böyiça xalqaro ekspert guruhi (International Ranking Expert Group, IREG) tomonidan tasdiqlangan Oliy öquv yurtlari reytingini belgilaş böyiça Berlin prinsiplariga töğri kelmaydi.