25 sentabr kungi savdolar çoğida Brent neftining bir barreli 82 dollarlik nuqtani qayd etdi va bu bilan 2014 yilning noyabridan buyon maksimum körsatkiç qayd etildi.

Ekspertlarning hisoblaşiça, narx oşişiga jahon bozorida kutilayotgan xomaşyo defitsiti sabab hisoblanadi.

Ayni vaqtda Trafigura va Mercuria treyderlari neft narxi bir barreli 90 dollarga kötarilişini, AQŞning Eronga qarşi sanksiyalari ortidan yaqin oylarda 100 dollargaça çiqişi mumkinligini ham prognoz qilgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp şu yilning may oyida Qöşma ştatlar Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişi haqida e'lon qilgandi. Buning ortidan rasmiy Tehronga qarşi sanksiyalar kuçga kira boşladi. Rasmiy Vaşington noyabr oyidan importyorlardan Erondan neft xarid qilişni töxtatişni talab qiladi.