Yevropa ittifoqi (YeI) diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilişiça, Yevropa mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy va Rossiya Eron bilan savdo qiliş uçun moliyaviy mexanizm yaratmoqçi. Yevropa diplomatiyasi rahbarining sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
«Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar Eron bilan moliyaviy tranzaksiyalar ötkaziş uçun yuridik şaxs taşkil etadi», - dedi Mogerini BMTdagi vazirlar uçraşuvi yakunlari böyiça.
Uning ta'kidlaşiça, bunday qadam Yevropa kompaniyalariga Yevropa qonunçiligiga muvofiq Eron bilan bitimlarni amalga oşiriş imkonini beradi. Şuningdek, uşbu qaror Eronni bozordagi boşqa iştirokçilar uçun oçiq qoldiradi.
Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari Eron bilan bitimlarni amalga oşiriş uçun mavjud kanallarni saqlab qolişga qaror qilişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronni uyğurlarni neftga «almaştirişda» ayblagandi.


















