Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, mamlakat rasmiylari Ummon böğozini janubi-şarqda Fors körfazi bilan boğlaydigan Örmuz böğozini yopib qöyişi mumkin. Bu agar Amerika Qöşma Ştatlari sanksiyalar bosimi siyosatini davom ettiradigan bölsa yuz beradi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Ruhoniyning ta'kidlaşiça, uning sözlari şunçaki ogohlantiriş emas, balki «haqiqatdir».

«Agarda Fors körfazidan suv yöli erkin va xavfsiz qolişi kerak bölsa, u hamma uçun şunday qolişi kerak», - deya aytib ötdi Eron yetakçisi.

Şuningdek, Ruhoniyning bildirişiça, AQŞ hukumati Eron nefti jahon bozoriga yetkazib berilişini butunlay töxtata olmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronni uyğurlarni neftga «almaştirişda» ayblagandi.

AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyni bosim ostida qolgan musulmonlarni neftga «almaştirayotganlikda» ayblab çiqqan.