Ötgan haftada internetda Andijon viloyati, Qörğontepa tumani Yoşlar Ittifoqi kengaşi yetakçisi Nazarbek Mirzaqobulov tumandagi 59ta maktab yetakçilariga paxtaga odam çiqariş böyiça xat yöllagani haqida xabar tarqalgandi.
Telegram orqali yöllangan xat skrinşotida, tuman yetakçisi barça maktab yetakçilariga paxta terimiga bir nafardan terimçi jalb etiş, agar odam topolmasa, 100 ming sömdan olib keliş böyiça topşiriq bergani, topşiriqni bajarmaganlar darhol lavozimdan ozod etilişi, bu hokimning buyruği ekanidan ogohlantirgani yozilgandi.

«Kun.uz»ga ma'lum bölişiça, aynan şu skrinşot böyiça Qörğontepa tumani prokuraturasi va Andijon viloyat Bandlik boş boşqarmasi davlat mehnat huquq inspeksiyasi mutaxassislari iştirokida suriştiruv olib borilgan.
Örganiş davomida ma'lum bölişiça, Yoşlar ittifoqi yetakçilari tuman kengaşi N.Mirzaqobulov tomonidan maktab yetakçilariga paxta terimi uçun bir nafardan odam jalb etiş böyiça topşiriq berilgani, ammo bu topşiriq telegram orqali emas, telefon qönğiroği orqali yetkazilganini aytişgan. Ular odam örniga 100 ming sömdan mablağ yiğilişi haqidagi ma'lumotni tasdiqlaşmagan. Ular SMS-xabar tarzida topşiriq olişmagani, keyinçalik ularga terimçilarni tarğibot tadbirlari orqali jalb qiliş kerakligi tuşuntirilganini bayon qilişgan.
Mirzaqobulovning özi ham 19 sentabr kuni maktab yetakçilariga paxta terimiga Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi otryadi taşkil qiliş maqsadida qönğiroq qilib, bir nafardan terimçi jalb etiş böyiça topşiriq berganini tan olgan. Ammo u odam örniga 100 ming sömdan pul yiğilişi haqidagi gaplarni inkor etgan. U topşiriqni telegram orqali berganini ham tan olmagan.
Uning kompyuter va uyali aloqa qurilmalari mutaxassislar iştirokida tekşirilgan, u telegram orqali topşiriq yuborgani aniqlanmagan. Şu bilan birga, u 20 sentabr kuni qabriston tozalaş uçun jalb qiliş böyiça yetakçilarga yuborgan xabar mavjudligi aniqlangan.
Endilikda, aniqlangan holatlarda (telefon qönğiroği orqali paxtaga bir nafardan odam jalb qiliş böyiça topşiriq va qabriston tozalaş uçun yetakçilarni jalb qiliş böyiça topşiriq) Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasida (mehnatga ma'muriy tarzda majburlov) körsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli Andijon viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining qarori bilan ma'muriy javobgarlikka tortilişi ta'minlangan.













