Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregorning otasi: Habib ikkinchi raundgacha omon qolmaydi
Foto: RTE
MMA’ning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregorning otasi Toni Makgregor o‘g‘lining UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan jangidan nimani kutayotgani haqida aytib o‘tdi.
«Mutlaqo ishonchim komilki, Konor birinchi raundda Habibni nokaut qiladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas - Nurmagomedov ikkinchi raundgacha omon qolmaydi. U o‘g‘lim bilan tezlik bo‘yicha ham, aniqlikda ham, kuch borasida ham raqobatlasha olmaydi. Menimcha, Konor uning bosh suyagini sindirib tashlaydi», - deya katta Makgregorning so‘zlarini keltiradi ESPN jurnalisti Ariel Xelvani tvitterdagi sahifasida.
Nurmagomedov va Makgregor UFC 229 musobaqasi doirasida 6 oktabr kuni Las-Vegasda uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov mayda kalamush ekani, uni bir raundda sindirishini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024