Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 100 ming so‘mlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari 100 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
Markaziy bank vakili «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, bugun Milliy matbuot markazida Markaziy bank hamda «Qishloqqurilishbank»ning qo‘shma anjumanida qatnashgan mutaxassislar tomonidan berilgan ma'lumot rasmiy emas va ayni vaqtda O‘zbekistonda yirik nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejasi yo‘q.
Anjumanda bankirlar O‘zbekistonda pul almashmasligini ayta turib, bu fikrni «tez orada 100 ming so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilishi kutilayotgani» bilan dastaklashgandi.
Undan oldinroq, sentabr oyi davomida internetda yangi kupyura surati tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprelida ham internet orqali 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari tarqalgan, o‘shanda Markaziy bank rasmiylari bu kupyura surati haqiqiy emasligini aytgan, lekin O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqishi ehtimolini rad etmagandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilishi haqida gaplar 2017 yil yozida, 50 ming so‘mlik banknota muomalaga kiritilishi ortidan boshlangandi. O‘tgan yilning sentabrida esa Markaziy bank bu xabarlarni butkul rad qildi.
Ma'lumot uchun, 2017 yil bahorida internetda 10 ming so‘mliklar ortidan 50 ming so‘mlik banknotalar chiqishi haqida xabarlar tarqalganida, Markaziy bank bu xabarlarni asossiz mish-mish deb atagandi. Lekin 2017 yilning avgustida Markaziy bank 50 ming so‘mlik yangi kupyurani muomalaga kiritdi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026