Qirğiziston TIV mamlakatning Koreyadagi elçisi Qiliçbek Sultonni diplomatik axloq me'yorlarini buzişda aybladi. Elçi Seulda yuqori mansabli qirğizistonlik amaldorning samolyotda janjal kötargani tafsilotlarini ommaga e'lon qilgan, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Avvalroq OAV Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri örinbosari Zuurakan Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yönalişi böyiça parvoz qilişi kerak bölgan samolyotda janjal çiqargani haqida xabar bergandi. Guvohlarning ta'kidlaşiça, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvçilar bilan janjallaşib, ularga diplomatik pasportini körsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olişga qaror qilgan. Öşa kuniyoq mamlakat boş vaziri Kadenovani lavozimidan ozod qilgandi.

Foto: 24.kg
Duşanba kuni Qirğizistonning Koreyadagi elçisi Qiliçbek Sulton Bişkekda matbuot anjumani ötkazib, vazir örinbosari bilan boğliq voqea tafsilotlarini ma'lum qildi. U Qirğiziston prezidenti ma'muriyatidan qönğiroq qilişib mazkur voqea haqida gapirmaslikni talab qilişganini aytgan. Şuningdek Qiliçbek Sulton TIV rahbariyati va Qirğizistonning Malayziyadagi elçixonasi xodimlari 2015-2016 yillarda qator qonunbuzilişlarga yöl qöyişganini ma'lum qilgan.
Qirğiziston TIV Qiliçbek Sulton "yana bir bor davlat xizmatçilarining özini tutiş tartibini nazorat qiluvçi qonunçilik me'yorlarini va diplomatik axloq me'yorlarini buzganini ta'kidladi. Vazirlik şuningdek, elçining özi xizmat vazifasida qonunçilikni buzgani haqida ma'lumotlar borligini, ular tekşirib çiqilib tegişli organlarga topşirilişini bildirdi.
Elçining özi prezident Sooronbay Jeenbekov fuqarolarni korrupsiya haqida oçiq gapirişga çaqirganini, şuning uçun mamlakat taşqi işlar mahkamasidagi qonun buzilişlari haqida oçiqçasiga gapirganini aytdi va prezident uni qöllab-quvvatlaşiga umid bildirdi.













