Yaponiyalik muhandis özi mustaqil ravişda yiğiluvçi Rubik kubigini taqdim qildi. Uşbu antiqa qurilma haqida DMM.make saytida ma'lumot berilgan.
Kubikning negizida qurilmaning aylanuvçi segmentlari, motorli mexanizm, öqlar böyiça buriliş mikrokontrollyorlari va akkumulyator yotadi. Muhandis qurilmaning texnik körsatkiçlarini oşkor qilmagan: kubik u yoki bu rangdagi segmentning burilişini qanday bilişi, ularning joylaşgan örnini öçiq holda anglaşi va avtomatik yiğişning maksimal tezligi qandayligi noma'lum.
Avvalroq ham uşbu muhandis avtomatik yiğiluvçi Rubik kubigini taqdim qilgan, biroq u juda sekin işlagan va uning işlaşi uçun segmentlar aylanişini qayd qilişga möljallangan taşqi ostsillograf zarur bölgan.
Yaqinda amerikalik muhandislar Rubik kubigini 0,38 soniyada yiğa olgan robotni taqdim qilişgandi. Muhandislar bu robot kubikning motori kuçliroğiga almaştirilsa, uni yanada tezroq yiğa olişini ta'kidlab ötişgan.
















