AQŞ moliya vazirligi Venesuela prezidentining rafiqasi va bir qator boşqa venesuelalik mansabdor şaxslarga qarşi sanksiyalar kiritdi. Vaşingtonning fikriça, ularning barçasi korrupsiyaga aloqador va prezident Nikolas Maduroga hokimiyatni “uşlab qoliş”da yordam beradi. Ta'kidlanişiça, ularning AQŞdagi aktivlari bloklab qöyiladi.
Sanktsiyalar 6 nafar jismoniy va 3 nafar yuridik şaxsga, jumladan Maduroning rafiqasi Siliya Floresga qarşi joriy qilingan. Flores 2012-2013 yillarda Venesuela boş vaziri lavozimini egallagan.
Sanktsiyalar ostiga, şuningdek, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes, vitse-prezident Delsi Gomez va sobiq vitse-prezident Xorxe Gomez tuşgan.
Maduroning özi esa 2017 yil iyulidan beri AQŞ sanksiyalari ostida qolmoqda.

















