Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi yordamçisi va tuman moliya bölimi rahbari 21 mln söm pora olayotganida qölga tuşdi.

«Özbekiston 24» telekanali xabariga köra, mahalliy ma'muriyat xodimlari quriliş kompaniyasidan 21 mln söm miqdorida «dolya» talab qilişgan.
Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan uşbu ikki şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi böyiça jinoiy iş qözğatildi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.












