Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriluvçi Nexus loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun juda muhim ahamiyatga ega. Bu köp sektorli investitsiyalar uçun imkoniyatlar yaratuvçi loyihadir, bu investitsiyalar esa, öz örnida suv, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta'minlaydi. 

Olmaota şahrida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT), USAID, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, YuNeSKO va Qozoğiston-Germaniya universiteti qöllab-quvvatlaşi ostida atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlaniş masalasiga bağişlangan IX Markaziy Osiyo Yetakçilik dasturi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning "Atrof-muhit boşqaruvi" dasturi yetakçi mutaxassisi Saltanat Jakenova KUN.UZ muxbiriga loyiha haqida sözlab berdi.

Saltanat Jakenova

Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan bir davrni boşdan keçirmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş - Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosatining ustuvor jihatlaridan biri. Qanday yöl bilan rivojlaniş, qanday investitsiyalar jalb qiliş - boşqa masala. 

Agar ilgari har bir sektor özi uçun alohida sarmoya jalb qilgan bölsa yoki loyihalar davlat byudjyeti asosida amalga oşiriladigan bölsa, nima uçun endi loyihalarni biryöla bir neça sektor talabini qondiradigan darajada bajarmaslik kerak?!

Nexus loyihasi ekologik barqaror investitsiyalarni tarğib qiladi. Dastavval loyiha identifikatsiyasi ketayotgan paytda uning ğoyasi muhokama qilinadi.

Ekologik barqaror investitsiyalar - bu atrof-muhitga minimal ta'sir körsatuvçi sarmoyalar. Biz biznes darajasiga çiqmaymiz, biz davlat organlari va hukumat darajasida işlaymiz. Loyiha biznes tomonidan amalga oşirilsa, u çiqindilar borasida ekologik yeçimiga ega bölişi kerak. Biznes taraqqiyot banklaridan kredit oladigan bölsa, banklar albatta AMTB (atrof-muhitga ta'sirni baholaş) jarayonini ötkazişni talab qiladi va ular uşbu loyihani kuzatib borişadi. Quriliş loyihasi xavflarni kamaytirişni közda tutuvçi ekologik rejaga ega bölişi kerak. Loyiha e'tibor qaratayotgan asosiy jihatlardan biri - mintaqaviy investitsion loyiha, bu Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi  taraqqiyot banklari bilan muhokama qiluvçi loyihalardir. Uşbu loyihalar ekologik yönalişga ega böladi, masalan, Orol dengizi muammolari.