AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, Eron öz siyosatini özgartirgudek bölsa, bu mamlakat rahbariyati bilan uçraşişga rozi böladi.
«Bu uçraşuv böladi. Menimça, ularda boşqa tanlov yöq. Biz Eron bilan yaxşi munosabatlar örnatişni istaymiz, ammo bu hozir röy bermaydi», — deya ma'lum qilgan Tramp BMT Boş assambleyasi çiqişida.
U Eron öz harakatlarini özgartirmas ekan, bu mamlakat rahbariyati bilan uçraşmasligini ta'kidlagan.
Tramp Eronga qarşi sanksiyalar 5 noyabrdan yana tiklanişiga va'da bergan.
«Ötgan oyda biz Eronga qarşi sanksiyalarni, yadroviy kelişuvdan keyin bekor bölgan çeklovlarni yana qaytadan joriy etiş harakatlarini boşladik. Eronga nisbatan qöşimça sanksiyalar 5 noyabrdan yana amalda böladi», degan amerikaliklar rahbari.
U boşqa davlatlarni «Erondagi rejimni AQŞ bilan birgalikda izolyatsiya qiliş»ga çaqirgan.
«Biz Eron öz agressiv harakatlarini davom ettirgudek bölsa, barça davlatlarni Eron xalqini qöllab-quvvatlagan holda bu davlat hukumatini xalqaro maydonda yakkalantirib qöyişga çaqiraman», degan Tramp.
Eslatib ötamiz, şu yilning mayida Tramp Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqqanini e'lon qilgan hamda buning ortidan Eron bilan munosabatlardagi bir tomonlama sanksiyalar tiklana boşlagandi.
Sanktsiyalarning birinçi bloki Eron avtomobilsozlik sektoriga, şuningek, oltin hamda boşqa metallar savdosiga taalluqli edi va bu sanksiyalar şu yilning avgustidan amalga kirgandi.
Eronga qarşi sanksiyalarning ikkinçi bloki esa energetik soha böyiça bölib, noyabr oyidan Erondan neft import qilmaslik tavsiya etiladi.


















