Bugungi kunda Özbekistonda turizm sohasini rivojlantirişga katta e'tibor qaratilmoqda, yangi turistik mahsulotlar tatbiq qilinmoqda, yangidan yangi aviaqatnovlar yölga qöyilmoqda, sayyohlarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda, soha rivoji yölida mavjud bölgan barça tösiqlar olib taşlanmoqda, turizm rivojiga hissa qöşiş istagida bölgan tadbirkorlarga esa qator imtiyozlar taqdim etilmoqda.
27 sentabr - Xalqaro Turizm kuni Özbekistonda bu yil özgaça, yuqori kayfiyatda nişonlandi. Ta'lim muassasalaridagi uçraşuvlar, Özbekiston bayroğini poytaxt köçalari böylab olib ötgan motopoygaçilar zanjiri, Residence Park qarorgohidagi tantanali tadbir va mamlakatda turizm sohasi rivojiga katta hissa qöşib kelayotgan xodimlarni taqdirlaş marosimi uşbu sananing ötgan yillarga nisbatan keng qamrovli nişonlanganidan darak beradi.




Residence Park'dagi keçki bayram tadbiri mehmonlarning qizil yölakçadan kirib kelişi bilan boşlandi. Tadbirda turizm sohasi vakillari bilan bir qatorda bu sohaga aloqasi bölgan idoralar rahbar va xodimlari, mamlakat turizm sanoati kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari vakillari va diplomatlar iştirok etişdi. Turizm rivojiga hissa qöşib kelayotgan veteranlar va faol xodimlar taqdirlandi. Ular uçun konsert dasturlari taşkillaştirildi.






























