Özbekiston xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi (XSTU) Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan soha rivojiga hissa qöşib kelayotgan fidokor xodimlarni mukofotladi va ular uçun bayram tadbirini taşkillaştirdi. KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
Toşkent şahridagi Radisson mehmonxonasida Özbekiston xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi vakillari töplandi. Tadbirni XSTU raisi Gulçehra Isroilova tabrik sözi bilan oçib berdi:
"Xalqaro Turizm kuni sohaning har bir xodimi uçun alohida ahamiyatga ega. Barçamiz hamkasb emas, katta bir oilamiz, desak xato bölmaydi. Bugungi bayramona muhit esa hammamizni yanada yaqinlaştiriş uçun xizmat qiladi, bu esa umumiy maqsadlar yölida samarali faoliyat körsatiş imkonini beradi.
Fursatdan foydalanib, mamlakat turizmini faol rivojlantirişda katta hissa qöşib kelayotgan va turistik operatorlarni qöllab-quvvatlayotgan Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduqahhoroviç Abduhakimov hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Baxtiyor Nuriddinoviç Umarovga, şuningdek, XSTU a'zolariga minnatdorçilik bildiraman. Turistik taşkilotlarning sayyohlarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşdagi birorta taklifini bee'tibor qoldirmayotgan hamkorlarimiz "Özbekiston havo yöllari" MAK va "Özbekiston temir yöllari" AJga ham alohida taşakkur. Biz barçamiz bir bölib Özbekistonga taşrif buyurayotgan mehmonlarga yanada köproq qulaylik yaratiş yölida xizmat qilyapmiz.
Bizning tizimli işlarimiz soat mexanizmiga öxşaydi. Qandaydir mayda detal yetişmasa ham, soat yurmaydi. Xuddi şunday turizm rivojida ham har biringizning tutgan örningiz muhim".
Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi uzoq yillardan beri mamlakatda turizmni rivojlantiriş yölida mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda sohada faol bölgan mutaxassislarni alohida e'tirof etib taqdirladi.
Şuningdek, tadbir davomida Özbekistonning diqqatga sazovor maskanlariga oid qiziqarli öyinlar öynaldi, ğoliblarga boş hamkor Toşkent xalqaro klinikasi hamda hamkorlar – OrientFinansBank, SIXT, Kapsula va Radiogid kompaniyalari tomonidan sovğalar taqdim etildi.
Dastur davomida “Şarq” vokal-çolğu ansamblining qöşiqlari va milliy raqslar tadbirga bayramona ruh baxş etdi.

























