Avstraliya Taşqi işlar vaziri Maris Peyn Rossiyani Malayziyaning «Boing» samolyoti 2014 yil iyulida Ukraina şarqida halokatga uçraşi böyiça Qöşma tergov guruhi natijalarini tan olmaslikda aybladi.

«Biz Qöşma tergov guruhi tomonidan ötkazilgan mustaqil tadqiqotlar natijalarini qöllab-quvvatlaymiz. Afsuski, Rossiya guruh ma'lumotlarini tan olmayapti. Avstraliya esa Qöşma tergov guruhining professionalligiga, mustaqilligiga va xolisligiga töliq işonadi», degan u Niderlandiya, Ukraina, Malayziya va Belgiya Taşqi işlar vazirliklari rahbarlari bilan uçraşuvda. Bu mamlakatlar Qöşma tergov guruhini taşkil etişgan.

Peynning qayd etişiça, «Qöşma tergov guruhi böyiça hamkasblar... MN17 reysi urib tuşirilişi ortida kim turgani va aybdorni javobgarlikka tortiş böyiça mas'uliyatlarini tasdiqlaşdi».

Şunday bayonot Niderlandiya boş vazir Mark Ryutte tomonidan ham bildirilgan.

U BMT Boş assambleyasi sessiyasi doirasida Qöşma tergov guruhi «avialaynerga yöllangan raketa kimga tegişli bölgani böyiça işonçli ma'lumotlar keltirgani» haqida aytgan. U barça tomonlarni bu fojia aybdorlari javobgarlikka tortilişi uçun qat'iyat körsatişga çaqirgan.

2014 yilning 17 iyulida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 yölovçi samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotgan paytda Donetsk viloyati osmonida urib tuşirilgan edi. Buning oqibatida 283 yölovçi va ekipajning 15 nafar a'zosi, jami ön mamlakat fuqarolari halok bölgandi.

Şu yilning may oyida Qöşma tergov guruhi samolyotga qarata uçirilgan raketa Rossiya harbiy qismidan yetkazib berilgani töğrisida hisobotini tarqatgandi.

Qöşma xalqaro jamoa xulosalaridan kelib çiqib, Niderlandiya va Avstraliya endi şunga aniq işonç hosil qildiki, Rossiya MH17’ni urib tuşirişda qöllanilgan «Buk» zenit-raketa majmuasini joylaştirganlik uçun javobgar», - deyiladi bayonotda.

Rossiya esa ayblovlarni tan olmagan.

«Öşa paytda Ukraina hududida jangovar harakatlar röy bergandi. Aynan uşbu davlat öz havo hududini yopiş böyiça kerakli çoralarni körmagan», - deyilgandi Kreml bayonotida.