Sport | 18:30 / 27.09.2018
35562
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024`ga Germaniya mezbonlik qiladi, Turkiyaning urinishi muvaffaqiyatsiz yakun topdi

Foto: Fabrice Coffrini/AFP/Getty Images

Bugun, 26 sentabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UYeFA bosh shtab-kvartirasida tashkilot Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mitaning 17 a’zosi Yevro-2024 mezbonini aniqlash maqsadida ovoz berishda ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2024 yilgi qit’a chempionatiga Germaniya mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Germaniya hozirga qadar 2 marta Jahon chempionati va 1 marta Yevropa chempionatini o‘zida qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 mezbonligi uchun faqat ikki mamlakat – Germaniya va Turkiya davlatlari da’vogarlik qilgan edi. Turklar bundan avval 2008, 2012 va 2016 yilgi qit’a birinchiliklarini ham o‘zida qabul qilish uchun harakat qilgan, ammo har safargi urinishlar muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.

Mezbonlik uchun kurash haqida batafsil: Yevro-2024 mezbonligi uchun Germaniya – Turkiya qarama-qarshiligi

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid