Xitoy o‘zini saylovlarga aralashishda ayblagan AQShga tavsiya bilan chiqdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, XXR boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Xitoy tomoni shu tariqa AQSh prezidenti Donald Trampning XXR 2018 yilgi mamlakat hududidagi saylovlarga aralashishga urinayotgani bo‘yicha ayblovlariga munosabat bildirgan.
«Biz AQShga Xitoyga qarshi asossiz ayblovlarni va tuhmat qilishni to‘xtatishni tavsiya etamiz», - dedi Shuan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jahonda boshqa mamlakatlarning ishlariga ko‘pincha aralashadigan davlat barchaga juda yaxshi ma'lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy harbiy ittifoqi AQShning yarim asrlik strategiyasini o‘zgartirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024