Kassaçi qiz Odessadagi bankka işga joylaşdi va tört kundan keyin undagi mablağlarni öğirlab ketdi. Bu haqda UNIAN Odessa oblasti böyiça politsiya boşqarmasiga asosan xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga köra, qiz e'lon böyiça işga joylaşgan. Şu bilan birga, suhbat çoğida u özini boşqa ism bilan taniştirdi. Şundan söng qizni amaliyot ötaşi uçun qabul qilişgan.

«Tört kun davomida, asosiy işçilarning nazorati ostida amaliyotçi qiz işonçni qozonişga muvaffaq bölgan. Biroq, mustaqil iş kunining özidayoq u 100 ming grivna pulni özlaştirib olgan hamda iş joyidan ğoyib bölgan», - deya xabar berişdi politsiyadan.

Bu jinoyatni 24 yoşli mahalliy fuqaro sodir etgan bölib çiqdi, u bundan avval ham bir neça bor jinoiy javobgarlikka tortilgani aniqlandi. Qizning tan olişiça, gadjyetlar sotib oliş va qarzlarni tölaşga pulni sarflab yuborgan.

Endi u olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.