Hukumatning Bog‘dod tumani bo‘yicha qarori qabul qilinishi kutilyapti
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obektlariga va ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurish orqali Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kompleks o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal etilishi talab etiladigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Hujjat bilan 2018-2019 yillarda Bog‘dod tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati;
Bog‘dod tumanida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan dastlabki qiymati 18,8 mln. dollar bo‘lgan investitsion loyihalar ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitalarining Bog‘dod tumanidagi davlat mulki va davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obektlari negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha taklifi ma'qullanadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Hunarmand” uyushmasining 2018-2019 yillarda Bog‘dod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida:
aholining madaniy va rekreatsion xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga mo‘ljallangan zamonaviy istirohat bog‘i barpo etish;
hunarmandlar uchun ustaxona va savdo shoxobchalari joylashgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazi - “Hunarmandlar markazi” tashkil etish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zagrokimyoximoya” AJlarning O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Bog‘dod tumanida joylashgan “Qo‘qon tayanch punkti”ning foydalanilmayotgan bino-inshootlarini quyidagi investitsion va ijtimoiy majburiyatlar asosida “nol” xarid qiymatida “Fito-Mir” MChJga berish taklifi ma'qullanishi mumkin:
soliq qarzlari va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hamda beriladigan bino-inshootlarni kapital ta'mirlash, obektni zarur uskunalar bilan jihozlash uchun 600 mln.so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish;
2018-2019 yillar davomida kamida 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va obektga egalik qilish huquqini olgan kundan boshlab 10 yil mobaynida obektning o‘quv-tajriba profilini saqlab qolish.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
10:06 / 10.10.2024