Vazirlar Mahkamasining 17.09.2018 yildagi 736-son qarori bilan talaba va öquvçilarning öqişdan böş vaqtini mazmunli ötkazişini taşkil etiş çora-tadbirlari tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

«Ma'naviyat va ma'rifat» markazi yoşlarning dam olişini taşkil etadi
 
Eslatib ötamiz, uşbu Markaz Vazirlar Mahkamasining 12.01.2011 yildagi 11-son qarori bilan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzurida taşkil etilgan. Mazkur hujjat bilan uning tuzilmasi kengaytirildi. Xususan, talabalarning madaniy dam olişi va media ijtimoiy faoliyati uçun maskan taşkil etildi. Buning uçun Markazga Olmazor tumani Talabalar şaharçasida joylaşgan sobiq «Fudziyama» kafesi binosi tegişli hududi bilan birga operativ boşqariş huquqi asosida berilmoqda. Markaz xodimlarining mehnatiga haq tölaş razryadlari tasdiqlandi. 
 
Markazning vazifalaridan biri – oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining talaba va öquvçilarini yurtimiz hamda dunyoda röy berayotgan yoşlar hayotiga oid voqealar va ma'lumotlardan tezkor xabardor qilib, ularning vaqtini mazmunli ötkazişga möljallangan virtual axborot makonini (messenjerlardagi kanallar, veb-sayt, portal, forum va h.k.) yaratiş.    
 
Bundan taşqari, Markaz ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar örtasida ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan aksiyalar, tadbir va tanlovlar ötkazadi. Blogerlar klubi taşkil etiladi, ta'lim bilan boğliq dolzarb muammolar va ularning yeçimini tahlil qiliş uçun esa doimiy faoliyat yurituvçi press-klub taşkil etiladi. 
 
Öquvçilar uçun rejalaştirilayotgan tadbirlarning töliq röyxati, şuningdek Markaz faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari hujjat bilan tasdiqlangan Dasturda taqdim etilgan.
 
Tögaraklar bilan işlaganlik uçun rağbatlantiradilar
 
Talaba va öquvçilarning darsdan böş vaqtini mazmunli taşkil etişga munosib hissa qöşayotgan ta'lim muassasalarining professor-öqituvçilari hamda tögarak rahbarlari moddiy va ma'naviy rağbatlantirib boriladi. Buning uçun ta'lim muassasasining byudjyetdan taşqari mablağlaridan foydalaniladi, öqituvçilar faoliyatini monitoring qiliş natijalariga köra rağbatlantiriş haqida qaror qabul qilinadi.