Rossiya prezidenti Vladimir Putin London tomonidan GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda gumonlanayotgan Ruslan Boşirov oddiy fuqaro ekani haqidagi ma'lumotga ega. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Şu tariqa, Kreml 26 sentabr kuni e'lon qilingan jurnalistik suriştiruvga munosabat bildirdi. Unga köra, Boşirov aslida Rossiya harbiy razvedkasining xodimi hisoblanadi. «Mening tuşunişim böyiça, bu norasmiy suriştiruv. Biz bu ma'lumot haqiqatga qançalik mos kelişi yoki mos kelmasligini bilmaymiz», - deya ta'kidlab ötdi Peskov. Uning qöşimça qilişiça, Moskva «Rossiya Federatsiyasining uşbu fuqarolari tomonidan tilga olingan ma'lumotlardan kelib çiqmoqda».
Çepiga haqiqatdan ham Rossiya Qahramoni ekani va bu odam rossiyalik Ruslan Boşirovga öxşab ketişi haqidagi savolga, Peskov şunday javob berdi: «Köplab odamlar bir-biriga öxşaydi, biroq suriştiruvda körsatilayotgan bu fuqaroning kimligini men ayta olmayman, sababi bunday ma'lumotga ega emasman».
Qayd etilişiça, u unvonning topşirilişi bilan boğliq ma'lumotni tekşirib körişga va'da bergan.
Avvalroq, The Insider naşri va Bellingcat tadqiqot guruhi «Ruslan Boşirov» aslida Anatoliy Çepiga ekanini aniqlagandi.


















