Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Ğaznaçiligi örtasida imzolangan Hamkorlik töğrisidagi memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş va örta muddatli istiqbol uçun ustuvor yönalişlarni belgilab oliş böyiça çora-tadbirlar qabul qilinyapti, deb xabar beradi Moliya vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Federal ğaznaçiligi boşliği örinbosari Aleksandr Mixaylik boşçiligidagi delegatsiya Toşkentga keldi.

Taşrif davomida sohaga ğaznaçilik kuzatuvining yangi turlari va axborot texnologiyalarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Federatsiyasi Federal Ğaznaçiligi vakillari ğaznaçilik axborot texnologiyalari bazasida byudjyetdan mablağ oluvçilarning markazlaştirilgan buxgalteriyasini yaratiş yöli bilan ğaznaçilik kuzatuvini olib boriş tajribasi bilan örtoqlaşişdi.

Şuningdek, bir neça kun davomida byudjyet mablağlaridan foydalaniş, moliyaviy nazoratning ilğor uslublarini qöllaş ustidan monitoring ötkaziş samaradorligi, qolaversa, ötkazilgan nazorat natijalarini qayta tekşiriş va baholaş yöli bilan uning sifati uçun tekşiruvçilar mas'uliyatini oşiriş masalalarini körib çiqiş rejalaştirilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Federal Ğaznaçiligining uşbu idora auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oşiruvçi mutaxassislari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Auditorlik taşkilotlari iş sifatining taşqi nazorati samaradorligini oşirişda Rossiya Federal Ğaznaçiligi nazorat-tahlil faoliyatini takomillaştirişning asosiy yönalişlarini örganiş» mavzusida taşkil etilgan davra suhbatida iştirok etişdi.