Yaponiyada bir guruh olimlar asosan plastmassadan tayyorlangan elektrokar yaratişdi.  

Kontsept-kar Tokioda 28 sentabrda taqdim qilingan. Maşina Yaponiya vazirlar mahkamasining innovatsion texnologiyalarni yaratiş dasturi doirasida işlab çiqilgan. Bu maşina 4 metrdan uzunroq bölib, korpusining deyarli 90 foizi maxsus işlab çiqilgan sintetik materialdan tayyorlangan. 

Ta'kidlanişiça, yangi avtomobil standart modeldagidan 40 foiz yengilroqdir va ikki marta kamroq energiya sarflaydi. Şuningdek, yangi modelning ommaviy işlab çiqarilişi atrof-muhitga ijobiy ta'sir körsatişiga umid qilinmoqda.