Tesla asosçisi Ilon Maskning boyligi bir kun içida 1,5 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Mask AQŞ hukumati uni sudga bergani haqida xabarlar tarqalgaç, 1,5 milliard dollarni yöqotgan.
Ta'kidlanişiça, Maskni Tesla aksiyadorlariga yolğon va asossiz ma'lumot berişda ayblaşdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Mask AQŞning qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasi tomonidan unga qarşi qöyilgan da'volarga munosabat bildirgandi.
Maskning ma'lum qilişiça, firibgarlik böyiça ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning sözlariga köra, bu da'volardan juda xafa bölgan va qayğudadir.

















