Jahon | 17:18 / 29.09.2018
9887
1 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya istilochi mamlakat sifatida tan olinadi». Poroshenko BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasi qabul qilinishiga ishonch bildirdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, BMT Bosh assambleyasi tomonidan Qrim bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishiga ishonchi komil, unda Rossiya «istilochi mamlakat» sifatida tan olinishi kerak. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etishi va jahon yetakchilari bilan uchrashuvlari tufayli dunyoning bir qator davlatlari Ukraina bilan hamjihat bo‘lishiga ishonch uyg‘otdi.

«BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasi aniq qabul qilinadi, unda Rossiya Ukraina hududini bosib olgan davlat, deb ataladi», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Ukraina yetakchisi «Innovatsiyalar. Investitsiyalar. Xarkov tashabbuslari» xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida shunday bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga 3 mlrd yevroni qaytarishdan bosh tortgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid