Jahon | 14:56 / 29.09.2018
17360
2 daqiqa o‘qiladi

«Ularni Yanukovich olib ketgan». Ukraina Rossiyaga 3 mlrd yevroni qaytarishdan bosh tortdi

Viktor Yanukovich/Foto: Kommersant'

Ukraina Rossiyaga uch milliard yevro miqdoridagi qarzini to‘lamasligi kerak, deya ma'lum qildi mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko. Uning so‘zlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.

«Biz o‘zimizni ma'lum bir vaqt ichida himoya qildik, lekin, mening fikrimcha, haqiqat sudda g‘olib chiqadi. 2013 yil dekabr oyida Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich tomonidan tashlangan pullarni qaytarish bo‘yicha RF talabidan o‘zimizni himoya qildik. Yanukovich bu pullarni (naqd pullarni) o‘zining yuk mashinalariga joylashtirdi hamda Ukrainadan olib chiqib ketdi. Biz Ukrainadan bu to‘lovlarni talab qilish adolatsiz ekanligini isbotlab berdik», - dedi Poroshenko.

2013 yil dekabr oyida Rossiya uch milliard dollarlik Ukraina suveren yevroobligatsiyalarini sotib oldi. Keyinchalik Oliy rada davlat qarziga, jumladan, Moskva oldida ham, xizmat ko‘rsatishga moratoriy joriy etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ Ukrainaga to‘rtta shart qo‘ygandi.

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan yangi, qisqa hamkorlik dasturi - stand-by bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Moliyaviy tashkilot davlatga yangi kredit olish uchun to‘rtta shart qo‘ydi.  

Mavzuga oid