Joriy haftada Surxondaryo viloyati Uzun tumani Malandiyon mahallasida mudhiş qotillik yuz berdi. Asli kasbi usta bölgan erkak mahalladoşining uyiga kirib, ularning 11 yoşli qizini zörlab, keyinçalik öldirişda ayblanmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Qotillikda ayblanayotgan gumondor 1989 yilda tuğilgan, oilali şaxs bölgan. Xabarlarga köra, qizçaning onasi uy bekasi. U öşa kuni paxta terimida bölgan, otasi esa Rossiyaga işlaşga ketgan. Öldirilgan qiz esa tumandagi 6-maktab öquvçisi edi.
Hozirda Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi «v» va «z» bandlari, ya'ni aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsning nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş bilan boğliq holda qasddan odam öldiriş ayblari qöyilgan.
Ayni vaqtda prokuratura tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.
















