«Donetsk xalq respublikasi»dagi jangovar harakatlarda iştirok etgan köngilli askar, «Loçin» laqabli Ruslan Bobojonov 28 sentabr kuni Nijniy Novgorod aeroportida qölga olindi.

Endi u ekstraditsiya qilinişi mumkin. Bu haqda Federal yangiliklar agentligiga Donbassning Harbiy jasorat muzeyi rahbari German Vladimirov ma'lum qildi.

«Ruslan «DXR» pasportiga ega, bundan taşqari u - Özbekiston fuqarosi. 2014 yilda u yurak amri bilan Donbassdagi tinç aholini himoya qiliş uçun keldi. U 2014 yilda eng qaynoq nuqtalar - ham Saur-Mogila, ham Donetsk aeroportida jang qilgan «Vostok» batalonida bölgan. Nijniydagi hamkasblarim ogohlantirildi. Ular hozir uning oldiga advokat bilan borişmoqda. Biz bu işni zudlik bilan qat'iy nazoratga oldik», - deya ta'kidlab ötdi German Vladimirov.

Ma'lumotlarga köra, özbekistonlik Nijniy Novgoroddan Rostov-Donga uçib ketişi kerak edi, ammo u Interpol murojaati bilan transport politsiyasi tomonidan uşlandi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi - «Yollaniş» böyiça yollaniş, ya'ni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi — beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Yollanma şaxsni yollaş, öqitiş, moliyalaştiriş yoki unga boşqa moddiy ta'minot beriş, xuddi şuningdek undan harbiy töqnaşuv yoki harbiy harakatlarda foydalaniş — yetti yildan ön ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.