Namangan viloyatining Çust tumanida yaşovçi fuqaro boğdorçilik fermer xöjaligi taşkil etiş uçun 5,3 gektar yer maydoni oliş maqsadida tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şarofiddin Yusupjonovga murojaat qilgan. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanalidagi lavhada xabar berildi.
Qayd etilişiça, hokim örinbosari buning evaziga 2 ming AQŞ dollari miqdorida pul talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida Şarofiddin Yusupjonov kelişilgan 2 ming AQŞ dollaridan 1800 dollarni olayotgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Şarofiddin Yusupjonovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 210-moddasi - Pora oliş. Pora oliş, ya'ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsining öz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etişi lozim yoki mumkin bölgan muayyan harakatni pora berayotgan şaxsning manfaatlarini közlab bajarişi yoki bajarmasligi evaziga şaxsan özi yoki vositaçi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olişi yoxud mulkiy manfaatdor bölişi, — eng kam oylik iş haqining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Pora oliş: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari uşbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxs tomonidan; b) köp miqdorda; v) tamagirlik yöli bilan; g) bir guruh mansabdor şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa, — beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Pora oliş: a) juda köp miqdorda; b) uyuşgan guruh manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, — ön yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
















