Falastin Amerikaning Isroildagi elçixonasi Quddusga köçirilişi sababli AQŞga qarşi da'vo bilan Xalqaro sudga murojaat qildi. Bu haqda sud matbuot relizida ma'lum qilindi.

Falastin sudi mazkur holatni qonun buzilişi deb e'tirof etişga va AQŞni öz diplomatik missiyasini Quddusdan olib çiqib ketişga majbur qilişga çaqirgan.

Da'voda körsatilişiça, Donald Trampning AQŞ elçixonasini Quddusga köçirişi 1961 yilgi Vena konvensiyasini buziş hisoblanadi.

Isroil 1967 yilda Şarqiy Quddusni bosib olgan hamda 1980 yilda Quddusni özining yagona va bölinmas poytaxti deb e'lon qilgan. Dunyoning heç bir davlati Quddusni Isroil poytaxti deb tan olmagan. Isroilni tan olgan barça davlatlarning elçixonalari Tel-Avivda joylaşgan. 

2017 yil 6 dekabrda Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQŞ elçixonasi Tel-Avivdan Quddusga köçirilişini e'lon qildi. 2018 yil 14 mayda Quddusda elçixona rasman oçildi.