Rossiyalik biznesmen, USM Holdings xoldingi asosçisi Alişer Usmonov "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida Özbekistondagi loyihalarga kiritayotgan investitsiyalari haqida söz yuritdi.

"Biznesda faqat yordam beraman. Men egasi, aksioneri bölgan kompaniyalar kooperatsiyaga bor kuçi bilan yordam berişadi. Buni Özbekistondagi metallurgiya zavodi misolida körişimiz mumkin. Biz uçun u xomaşyo sotiladigan bozor, kombinat uçun esa raqobatbardoş metallar yaratiş uçun ajoyib sifatli xomaşyo", – dedi u.

Usmonovning sözlariga köra, "Metalloinvest" kompaniyasi ikki-uç yildan buyon kombinatga öz mahsulotlarini yetkazib beryapti.

"Ançagina katta hajmda, yiliga qariyb yuz million dollarlik briketlangan qaynoq temir yetkazib bermoqdamiz", – dedi biznesmen.

Bundan taşqari, Alişer Usmonov özbek futboliga befarq emasligini bildirdi. 

"Bu yerga döstlarimning maslahati bilan keldim, eng birinçi sevimli klubim bölgan “Paxtakor”ga yordam beraman. Men bu klubni qaytadan tiklaşga kirişişni istaganlarga darhaqiqat yordam beraman", – dedi u.

Uning klub aksioneri bölişga tayyorligi haqidagi savolga Usmonov "agar buni aytadigan bölsam, uni sotişni istayotganlar qimmatroq narx aytişlari mumkin”, deya hazil bilan javob qaytardi.

Uning aksionerlar tarkibiga kirişi borasida muzokaralar olib borilayotganligi yoki yöqligi haqida berilgan savolga esa biznesmen aniq qilib "yöq, lekin hozirça takliflar olyapman", dedi.

Foto: Rossiya 1

Alişer Usmonov klubning yangi stadioni qurilişi uçun 20 million dollar ajratganini bildirdi.

Usmonov şuningdek, Özbekistonda madaniy loyihalar böyiça ham iş olib borayotganini ma'lum qildi.

"Biz Özbekistonda islom tarixiy merosini tiklaş böyiça katta investitsion reja tuzganmiz. Xususan, masjidlar, birinçi navbatda esa Islom sivilizatsiya qurilişi borasida", – dedi u.