«Yuventus»ning sobiq boş direktori Juzeppe Marotta öz lavozimini tark etişi sabablariga töxtalib ötdi. Uning aytişiça, klub prezidenti Andrea Anelli bilan örtasidagi munosabatlari sovuqlaşi sabab iste'fo berişga qaror qilgan. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi ma'lum qilgan.

«Klub prezidenti Andrea Anelli bilan işdagi aloqalarimiz yöqolib qoldi. Bu kişining xafsalasini pir qiladi. Qaror qabul qilib bölindi va men ortiq «Yuventus» direktorlar kengaşi a'zosi emasligimni e'lon qildim. Bu qaror aynan «Yuventus»ning öz taşabbusi, FIAT`niki emas», - deya ta'kidlagan Marotta klub homiysi hisoblanuvçi «FIAT Group» avtokonsernini nazarda tutib.

Eslatib ötamiz, 2010 yildan buyon «Yuve» boş direktori vazifasida işlab kelgan 61 yoşli funktsioner keça A Seriyaning navbatdagi turida «Napoli» ustidan qozonilgan ğalabali öyindan keyin (3:1) öz lavozimini tark etişini e'lon qilgan edi.

«Vakolatim muddati 25 oktabr kuni tugaydi va uzaytirilmaydi. Men Italiya Futbol Federatsiyasi prezidentligiga nomzodligim haqidagi xabarlarni butkul rad etaman. Bu meni qiziqtirmaydi. Ketişim tafsilotlarini keyinroq ma'lum qilaman», – deb aytgan edi Marotta.

Ma'lumot örnida, 2010 yili klub prezidenti etib saylangan Andrea Anelli boş direktor lavozimiga Juzeppe Marottani olib kelgan edi. Oradan bir yil ötib, Marotta «Yuventus»ga Antonio Konte boş murabbiy etib tayinlanişiga erişgan, 2012 yilda esa «Yuve» 6 yil içida birinçi marta Italiya çempioni bölişni uddalagan edi.

Umuman olganda, Marottaning 8 yillik boşqaruvi davrida «keksa sinora» 7 marta Italiya çempioni bölişga erişdi.

Tajribali mutaxassis 25 sentyayur kuni Yevropada yilning eng yaxşi futbol menejyeri deb e'tirof etilgan edi.