Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi, u bilan özbek xalqi tarixiy aloqalarga ega ekanligini ta'kidladi.
«Men mehmondöst Hindiston zaminida bölib turganimdan juda xursandman. Har bir özbekistonlikning qalbida Hindiston alohida öringa ega. Bizning xalqlarni tarixiy aloqalar, öxşaş urf-odatlar, ma'naviy va madaniy dunyoning yaqinligi boğlab turadi. Biz uçun Hindiston - ezgulik va bağrikenglik nurini taratib turuvçi buyuk sivilizatsiya. Bu dunyodagi eng katta demokratiya», - dedi Mirziyoyev.
«Keça Agraga taşrif buyurib, men va bizning delegatsiya naqadar özaro yaqin ekanimiz, Hindiston hamda Özbekiston örtasida köplab aloqalar va an'analar borligiga yana bir bor amin böldik», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonda Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötgandi.













