08:46 / 02.10.2018
11517

Agar spirtli ichimlik iste'mol qilganimda dahshatga aylanardim – Tramp

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanda umrida spirtli ichimlik, hattoki pivo iste'mol qilmaganini aytdi.  

“Men spirtli ichimlik iste'mol qilmayman. Men umrimda hattoki pivo ichmaganimni ayta olaman. Bu yaxshi odatlarimdan bittasidir”, deb aytgan Tramp.

“Men hattoki bir bokal spirtli ichimlik ichmaganman. Men biror munosabat bilan ham ichmaganman. Faraz qiling, men ichganimda nima bo‘lardi? Qanday dahshat bo‘lardim. Dunyodagi eng yomon odamga aylangan bo‘lardim. Men hech qachon ichmaganman, okey?”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.   

Tramp buni CNN muxbirining iltimosiga binoan ma'lum qilgan. Tramp AQSh oliy sudi sudyasi nomzodiga ilgari surgan Brett Kavano kongressdagi eshituvlarda bir necha yil avval mast holatda bir ayolga tegajog‘liq qilgani yuzasidan bildirilgan ayblovlarga pivoni yaxshi ko‘rishini, biroq hech qachon mast bo‘lguncha ichmaganini aytgan. Tramp shu munosabat bilan CNN muxbirining savoliga Kavanoning bu odati unga xos emasligini aytgan. 

CNN’ning ta'kidlashicha, Tramp bir yil avvalgi intervyusida ichkilikbozlik bilan muammolarga ega bo‘lgan akasi Fredning ta'siri ostida hech qachon spirtli ichimlik ichmaganini aytgan. Fred Tramp 1981 yilda 43 yoshida vafot etgan.

Mavzuga oid
Top