Yaponiya hukumati töliq tarkibda yangi saylangan boş vazir Sindzo Abe özgarişlarni amalga oşirişi uçun iste'foga çiqdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qilmoqda.

Avvalroq, hokimiyat tepasida bölgan Liberal-demokratik partiya (LDP) a'zolari Sindzo Abeni öz raisi etib qayta saylaşgandi.

Agentlikdan aytişlariça, Abe asosiy vazirlarni saqlab qoladi va radikal özgarişlardan voz keçişi mumkin. Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, 18 nafar vazirdan faqat uçdan bir qismi Abening hisob böyiça uçinçi hukumatida öz örnini saqlab qoladi.

Kyodödan qöşimça qilişlariça, Yaponiya boş vaziri boş vazir örinbosari va moliya vaziri Taro Asoni, Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suguni va taşqi işlar vaziri Taro Kononi öz lavozimida olib qoliş niyatida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abe KXDR bilan munosabatlar qanday şartda yaxşilanişini aytgandi.