Amerikaning In Real Life kompaniyasi televizor va monitorlardagi tasvirlarni yaşira oluvçi maxsus közoynaklarni işlab çiqdi. BBC şu haqida xabar berdi.
"In Real Life kompaniyasi közoynaklarida maxsus polyarizatsiyalangan linzalar qöllaniladi, bu linzalar displeylardagi tasvirni qora töğri törtburçakka aylantiradi", - deyiladi kompaniyada.
"Közoynaklar ekranlar dengiziga çökib ketmaslik uçun atrofimizdagi displeylardagi tasvirlarni filtrlaşga möljallangan", - deydi kompaniya asosçisi Ivan Keş. Uning fikriça, insonga çalğituvçi vizual axborotdan dam oliş imkonini beruvçi qurilma bölişi kerak.
"Ba'zan smartfonlarni "parvoz" rejimiga ötkazib, barça televizorlarni öçirib qöyişimiz mumkin. Biroq vaqt ötgan sari bunday haşamatdan yiroqlaşyapmiz", - deya qöşimça qildi Keş.
Ta'kidlaş joizki, közoynaklar LCD va LED texnologiyalaridan foydalangan holatda işlangan bölsagina ekranlardagi tasvirni bloklay oladi. Közoynak OLED-texnologiyasiga köra işlangan displeylar va gadjyetlar ekranlaridagi tasvirlarni bloklamaydi.
















