Jahon | 07:58 / 03.10.2018
7459
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti vazirlarning ommaviy iste'fosi haqidagi farmonni imzoladi

Foto: REUTERS

Armanistonda mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan olti nafar vazirning iste'fosi haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, gap «Dashnaktsutyun» va «Farovon Armaniston» partiyalari vakillari hisoblangan vazirlar haqida ketmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, gap iqtisodiy rivojlanish va investitsiyalar vaziri Artsvik Minasyan, qishloq xo‘jaligi vaziri Artur Xachatryan, energetika infratuzilmalari va tabiiy resurslar vaziri Artur Grigoryan, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha vazir Levon Vagradyan, FVV rahbari Grach Rostomyan hamda transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Ashot Akopyan haqida bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid