Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat soliq qömitasining “Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Nizomga asosan soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimi davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etilgan “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti asosida tadbirkorlik sub'yektlarini avtomatik tarzda inson omili aralaşmagan holda tahlil qiliş orqali amalga oşiriladi.

Dasturiy mahsulot xavfni tahlil etiş tizimini davlat soliq idoralaridagi mavjud içki va Özbekiston Respublikasi prezidentining 2012 yil 30 oktabrdagi “Özbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-1843-son qaroriga asosan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan taşqi ma'lumotlarga hamda veb saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan olingan axborotlarga asosan quyidagi yönalişlarda:

a) tadbirkorlik sub'yektlarining şaxsiy kartoçkalarida soliq qarzdorligi mavjudligini;
b) soliq tölovçi yuridik şaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilişida coliqlar va majburiy tölovlar böyiça taqdim etilgan soliq hisobotlariga muntazam ravişda qayta hisob-kitoblarning amalga oşirilganligini;
v) soliq tölovçilar hisobot davri mobaynida dastlab röyxatga olingan yuridik manzilini bir hududdan boşqa bir hududga muntazam ravişda özgartirib borilganligini;
g) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan özlariga tegişli bölmagan tölov terminallari bilan foydalanilganligini;
d) jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan aynan bir tadbirkorlik sub'yekti faoliyati töğrisida kelib tuşgan murojaatlarni;
ye) boşqa yönalişlarni tahlil qiladi va örganib çiqadi.

Dasturiy mahsulot Davlat soliq qömitasi tomonidan belgilangan mezonlarga asosan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini töliq örganib çiqadi hamda yakuniy natijalarni ballik tizim orqali soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasini baholab beradi.

Dasturiy mahsulot orqali ballik tizimi tahlili tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etiş xavfi darajasi aniqlangan kamçiliklar summasi va holatidan kelib çiqib amalga oşiriladi.