Yusup Kabuljonov Özbekiston Respublikasining Novosibirsk şahridagi boş konsuli etib yuborildi, deb xabar bermoqda Özbekiston TIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilişiça, u ilgari TIVning madaniy-gumanitar hamkorlik bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning Novosibirsk şahridagi boş konsulxonasi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining quyidagi hududlari kiradi:
- Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Gorno-Altaysk, Oltoy ölkasi, Buryatiya Respublikasi, Zabaykale ölkasi, Irkutsk oblasti, Kemerovo oblasti, Krasnoyarsk ölkasi, Novosibirsk oblasti, Omsk oblasti, Tomsk oblasti, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi);
- Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugra, Çelyabinsk oblasti, Yamal-Nenets avtonom okrugi);
- Uzoqşarq federal okrugi (Amur oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Kamçatka ölkasi, Magadan oblasti, Primorsk ölkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Xabarovsk ölkasi, Çukotka avtonom okrugi).
Yuqorida körsatilgan hududlarda yaşovçi Özbekiston fuqarolari konsullik masalalari böyiça Özbekiston Respublikasining Novosibirsk şahridagi boş konsulligiga murojaat qilişlari mumkin.

















