Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yana bir gubernator iste'foga chiqdi. Putin Sankt-Peterburgga vaqtinchalik rahbar tayinladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenkoning iste'fosini qabul qildi va Aleksandr Beglovni shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenkoning o‘z xohishiga ko‘ra iste'fosi qabul qilinsin. Aleksandr Dmitriyevich Beglov Sankt-Peterburg gubernatori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimiga tayinlansin», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qator gubernatorlar lavozimidan ketgandi.
Lipetsk oblasti gubernatori Oleg Korolev «yoshlarga yo‘l berish maqsadida» iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Uning o‘rniga Igor Artamonov gubernatorlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Shuningdek, Kurgan oblasti gubernatori o‘rniga Vadim Shumkov vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan.
Bu Rossiyada keyingi kunlarda yuz berayotgan birinchi iste'fo emas. Gubernatorlarning iste'foga chiqishlari 26 sentabrda boshlandi. O‘sha kuni Kabarda-Balkariya va Astraxan oblasti rahbarlari Yuriy Kokov va Aleksandr Jilkin iste'foga chiqarildi. Saxalin oblasti gubernatori Oleg Kojyemyako esa lavozimidan ozod etilgan Primore gubernatori Andrey Tarasenko o‘rniga keldi.
Mavzuga oid
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026