Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada rossiyalik chegarachilar bilan jang yuz berishiga bir baxya qolgani haqida aytishdi
Azov dengizida Ukrainaning «Donbass» va «Korets» kemalari o‘tishiga rahbarlik qilgan birinchi rangdagi kapitan Dmitriy Kovalenkoning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik dengizchilar rossiyalik chegarachilar bilan jang qilishga tayyor turibdi. Bu haqda u «Ukrinform»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Kerch bo‘g‘ozidan o‘tish vaqtida juda asabiy holat bo‘lgan. Shu bilan birga, Kovalenkoning ta'kidlashicha, ukrainalik dengizchilar harbiy to‘qnashuvga tayyor turgan.
«Jangovar guruhlar, pulemyotlar - hammasi tayyor turgandi. Ikki kishi to‘liq ekipirovkada ko‘pchilik ko‘radigan joyda turgan - ruslar ko‘rishi uchun. To‘liq qurollangan boshqa barcha ham istalgan daqiqada chiqib kelishga tayyor edi», - deya aytib o‘tdi ukrainalik kapitan.
Shuningdek, Kovalenkoning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik chegarachilar bilan jangga kirishish uchun kemada hammasi shay holatda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya Qrimda yadro qurolini joylashtirgan bo‘lishi mumkin ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026