Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi fuqarolar Facebook va Telegram orqali Tergov departamenti rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin
Foto: Tergov departamenti
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining “Tergovdepartamenti.uz” rasmiy sayti ishga tushirilgan edi.
Ushbu saytda Tergov departamentida amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy axborotlar, yurtimizda sodir etilgan jinoyatlar hamda ularga nisbatan ko‘rilgan choralar haqida ma'lumotlar berib kelinayotgan edi.
Hozirda ushbu saytni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan Tergov departamenti rahbariyati o‘rtasida muloqotni yanada kuchaytirish hamda saytga kirishni osonlashtirish maqsadida mazkur VeB-saytning nomi “Tergov.uz” deb qisqartirilib, uning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Facebook.com\tergov.uz” va “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “@tergov_bot” nomli rasmiy sahifalari ochildi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining “Facebook” va “Telegram”dagi shaxsiy sahifalari orqali tergov idoralari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarini yuborishlari, shuningdek, o‘zlarining poymol bo‘lgan huquqlarini tiklash yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tergov departamenti rahbariyatiga murojaat qilishlari, ushbu murojaatlariga ilova sifatida ishga aloqador bo‘lgan foto, audio va video fayllarini yuklashlari mumkin.
Qayd etilishicha, ushbu ijtimoiy tarmoqlardan yuborilgan har bir xabar va murojaatlar Tergov departamenti rahbariyatining e'tiboridan chetda qoldirilmay, ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilishini ta'minlanadi.
Mavzuga oid
15:05 / 20.02.2026
Telegram: xorijiy maxsus xizmatlarda yozishmalarga kirish imkoni yo‘q
13:09 / 18.02.2026
Telegram blokirovkasi fonida: rossiyaliklar Windows bilan muammolardan shikoyat qilmoqda
16:45 / 10.02.2026
Rossiyada Telegram ishlashini «sekinlashtirish» boshlandi
15:21 / 27.01.2026