Qatar sobiq amiri şayx Hamad bin Xalif Ol Soniyning turmuş örtoği, Qatarning hozirgi amiri şayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning onasi Möza bint Nosir al Misnid Özbekistonga xususiy taşrif bilan kelgan. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
«Özbekiston birinçi xonimi Ziroatxon Hoşimova janobi oliyalari bilan, şu yozdagi xususiy taşrif vaqtida», - deyilgan Möza bint Nosir al Misnidning sahifasida.

Şuningdek, e'lon qilingan fotosuratda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevadan taşqari, uning qizi Şahnoza Mirziyoyevani ham köriş mumkin.

Ma'lumot uçun: Möza bint Nosir al Misnid Qatar sobiq amiri şayx Hamad bin Xalif Ol Soniyning uç xotinidan ikkinçisi sanaladi. U siyosat va jamoat arbobi sifatida tanilgan.
Möza al Misnid qator davlat va xalqaro lavozimlarga ega. Ular orasida: Qatar ta'lim, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti jamğarmasi rahbari, Oila masalalari böyiça Oliy kengaş prezidenti, Ta'lim böyiça Oliy kengaş vitse-prezidenti, YuNeSKO maxsus vakili.
U Virjiniya Hamdöstlik Universiteti (Virginia Commonwealth University), Texas A & M universiteti (Texas A & M University), Karnegi-Melon Universiteti (Carnegie Mellon University), London Imperiya Kolleji (Imperial College London) va Jorjtaun universiteti (Georgetown University) faxriy doktorlik unvonlariga ega.
Yetti nafar farzandi bor: şayx Hamad bin Xalif Ol Soniy (2013 yil 25 iyundan Qatarning 4-amiri);
şayx Jasim bin Xalif Ol Soniy;
Joan Hamad Ol Soniy;
Xalifa Xamad Ol Soniy;
Muhammad Hamad Ol Soniy;
Al Mayyossa Hamad Ol Soniy;
Hind Hamad Ol Soniy.












