Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolalari yuzasidan Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Farhod Hasanov, viloyat IIB JTSB boşliği Ubaydulla Norqulov, IIB yuristi Uluğbek Omonov va Kun.uz muxbiri iştirokida maqolada körsatib ötilgan vajlar yuzasidan muhokama ötkazildi.
29 sentabr kuni Samarqand şahrining Islom Karimov köçasida xalqaro turizm kuni munosabati bilan samarqandlik işbilarmonlar tomonidan taşkil etilgan Megapalov pişiriş marosimida yuqori xavfsizlikni ta'minlaş çoralari qanday körilgani haqida qisqaça ma'lumot berildi.

Jumladan, viloyat IIB mas'ullari maqolada avtozak ölaroq tilga olingan avtobus, aslida, kameralar va boşqa texnikalar bilan jihozlangan köçma kuzatuv ştabi ekanligini tuşuntirişdi. Bunday köçma kuzatuv ştabi respublikada birinçi bölib Samarqandda yasalgani, ayni paytda u Jizzaxga körgazma uçun olib ketilgani aytildi.
Oş pişiriş jarayonida jamoat tartibini saqlaş bilan birgalikda köp miqdorda ötin yoqilganligi sababli yonğin xavfsizligini ta'minlaş ham boş vazifa bölgani, şuning uçun oş pişirişning qizğin jarayonida qozon boşiga heç kim yaqinlaştirilmagani, oş damlanganidan söng jurnalistlarga s'yomka uçun ruxsat berilgani ta'kidlab ötildi.
Xavfsiz masofadan turib oş pişiriş jarayonini s'yomka qiliş uçun şaroit yaratilgani va materiallar OAVga berilgani aytildi.
Maqolada körsatib ötilgan vajlarga e'tiroz sifatida, megapalov tayyorlanişining sust reklama qilinişi yoki uning 9000 sömdan sotilganiga IIBning heç qanday aloqasi yöqligi aytib ötildi.
Şuningdek, notöğri muomala qilgan va haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumot yetkazgan içki işlar xodimlariga nisbatan çora körilişi bildirib ötildi.
Umuman, kelgusida ommaviy tadbirlarda jurnalistlarning işlaşi uçun yetarli şaroitlar qilib berilişi inobatga olindi.

















