Tramp o‘z nutqi paytida, agar demokratlar oraliq saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, AQSh vakillar palatasi a'zosi Maksin Uoters moliyaviy xizmatlar bo‘yicha qo‘mitaga rahbar etib tayinlanishi mumkinligini aytdi. Prezidentning fikricha, bu ayol «past IQ» tufayli ushbu lavozim uchun mos emas.

«Men sizlar radikal demokratlar uchun ovoz berishni to‘xtatishingizni istayman», - deya xulosa qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp demokratlarni «jinoyat partiyasi» deb atagandi.