Bugun, 5 mart kuni Toşkentda kiberxavfsizlik masalalariga bağişlangan «Xavfsiz köprik» nomli bir kunlik forum ötkazildi. Forumning asosiy maqsadi –işlab çiqaruvçilar va foydalanuvçilar örtasida muloqot örnatiş, şu bilan birga, axborot xavfsizligi uçun yangi tahdidlar böyiça mutaxassislar va umuman aholining xabardorligini oşiriş va ularga qarşi kuraşiş böyiça samarali çoralar işlab çiqiş.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA) kömagida Mirzo Uluğbek Innovatsion Markazi tomonidan taşkil etildi.

Markaz rahbariyati ta'kidlaganidek, XXI asrda kiberxavfsizlik muammosi davlat darajasida barça ijtimoiy qatlamlarga doir strategik ahamiyatga ega. Şu munosabat bilan Özbekistondagi yirik kompaniyalar, şuningdek, qöşni davlatlar mutaxassislari axborotni muhofaza qilişning zamonaviy usullari, blokçeyn texnologiyasini amaliyotga tatbiq etiş, öta muhim axborotlarni boşqariş tizimi va şu kabi köplab masalalar xaqida söz yuritişdi.
Forum iştirokçilari ma'lumotlar qayta işlaniş tarzi, kiber jinoyatlarga qarşi kuraşda biznes uçun qanday axborot texnologiyalari zarurligi, qanday yangi hujumlarni kutiş mumkinligiga doir masalalarni muhokama qilişdi.

Tadbirga E&Y, D:CODE, BePro, Cumulative Business Solutions, Ideal Green Light kompaniyalari vakillari bilan bir qatorda xalqaro taşkilotlar vakillari, jumladan BMTRD, Osiyo Taraqqiyot Banki va boşqalar taşrif buyurişdi.
Ta'kidlaş joizki, taşkilotçilar forumni imkon qadar interfaol tarzda ötkazişga xarakat qilişdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan axborot tizimlarining zaifligi va ularni himoya qilişning usullari bilan ulaşişga oid mahorat darsi ötkazildi. Forum natijalari böyiça faol muhokamalardan taşqari, qiziqarli “Bilasizmi?” tanlovi bölib ötdi. Unda iştirokçilar kiberxavfsizlik hamda Mirzo Ulugbek Innovation Center faoliyati xaqidagi 10 savolga onlayn javob berişdi. Qisqa vaqt içida eng köp töğri javob bergan kişilarga esdalik sovğalari taqdim etildi.











