Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi taqdim etgan xabarga köra, joriy yilning 24 sentabr kuni fuqaro Ç.N. Içki işlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda Toşkent davlat yuridik universiteti talabasi “R” ismli şaxs va özini Mehnat vazirligining yuqori lavozimida işlovçi rahbar xodimi deb taniştirgan “X” ismli şaxs uning ikki tanişini Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining rahbarlari orqali Toşkent avtomobil yöllari kollejiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni berişini talab qilayotganliklarini ma'lum qilgan.
Ariza asosida, şu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida ötkazilgan tadbir davomida, Toşkent davlat yuridik universitetining 4-bosqiç talabasi J.R. ariza muallifi Ç.N.dan 3000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. J.R. uşbu pullardan 1000 AQŞ dollarini öziga uluş sifatida olib qolib, qolgan 2000 AQŞ dollarini öqişga joylaştiriş masalasini hal etiş uçun “X” ismli şerigiga berişi lozim bölganligini körsatganligi sababli tezkor tadbir davom ettirildi.
Natijada, 27 sentabr kuni Özbekiston Milliy universitetining 2-bosqiç talabasi X.X. hamda uşbu universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti katta öqituvçisi lavozimida işlovçi X.S.lar 2000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandilar.
Uşbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolar J.R., X.X. va X.S.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, ehtiyot çorasi tariqasida qamoqqa olinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.













