Toşkent ŞIIBB Sergeli tumanida tungi vaqtda poyga ötkaziş bilan şuğullangan haydovçilarning şaxsini aniqladi, deb xabar berdi boşqarma matbuot xizmati.

“Poytaxtning boşqa tumanlarida yaşovçi bu şaxslar (uçtasi Şayxontohur va bittasi Uçtepa tumanida istiqomat qiladi) bunday bema'ni harakatlarini özlari yaşaydigan hududda emas, heç kim tanimaydi degan işonçda boşqa tumanga kelib amalga oşirişgan”, – deyiladi xabarda.

Ammo fuqarolarning taqdim etgan videoyozuvlari asosida Toşkent ŞIIBB YHXB xodimlari tungi “ermak”da iştirok etganlarning şaxsini aniqlaşga muvaffaq böldi.

“Spark” avtomobili haydovçisi 23 yoşli Abduvohid Ş. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalari haydovçilarining yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşişi) eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

“Matiz” haydovçisi 20 yoşli Islomjon N. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalarining tovuş çiqaruvçi, yorituvçi va boşqa qurilmalaridan foydalaniş, ularni örnatiş qoidalarini buziş) eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida jarima tölaydigan böldi.

“Neksiya” avtomobili haydovçisi 30 yoşli Sultonmurod Ş. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 135-moddasida közda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uçun (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) eng kam iş haqining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

“Lasetti» haydovçisi 24 yoşli Qudrat V. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 129-moddasiga muvofiq (Transport vositalari haydovçilarining yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşişi) eng kam iş haqining 3 baravari miqdorida jarima tölaydigan böldi. 

Bundan taşqari, ularning barçasi ma'muriy işlar böyiça Sergeli tuman sudi tomonidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183-moddasida közda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etişda aybdor deb topildi (Mayda bezorilik) va ularga 3 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.