Jahon | 18:40 / 06.10.2018
9456
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston bir oylik to‘siqdan so‘ng tojik yuk mashinalarini chegaradan o‘tkazishni boshladi

Foto: ASIA-Plus

5 oktabrdan bir oydan ortiqroq vaqt mobaynida Turkmaniston chegarasida turgan o‘nlab tojik yuk mashinalari Tojikiston tomon va aksincha harakatlana boshladi, deb xabar berdi «ASIA-Plus».

Turkmaniston transport vazirligi shuningdek, o‘tgan davr mobaynida temir yo‘l orqali yuk tashish ham taqiq ostida bo‘lganligini, ularni olib o‘tishga ham kechadan ruxsat berilganini ma'lum qildi.

Turkmaniston hukumati avgust oxiridan buyon tojikistonlik yuk tashuvchilarning mashinalarini mamlakat hududiga kiritmayotgan edi. 

Tojikiston transport vazirligi haydovchilarga muqobil yo‘nalish – Bokuga borish, u yerdan Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Aktau portiga o‘tish hamda Qozog‘iston va O‘zbekiston orqali Tojikistonga kirib kelishni tavsiya qilgandi.

Ashxobod sentabr o‘rtalarida Tojikistonga tranzit orqali o‘tadigan yuk mashinalari xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘xtatib turilganini bildirgandi. Bu haqda Turkmaniston tomonining Tojikiston tashqi ishlar vazirligiga yo‘llangan rasmiy xatida aytilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid